

Bu haqda "Daily Mail" xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, klub jamoaning hozirgi formasidan xavotirda bo'lgani uchun murabbiyning kelajagi xavf ostida.
53 yoshli mutaxassisning bitimi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan bo'lib, u yana bir mavsumga uzaytirilishi mumkin. Agar natijalar o'zgarmasa, klub shartnomani uzaytirishdan bosh tortadi.
20-turdan keyin "Tottenxem" 33 ochko bilan APL musobaqa jadvalida 5-o'rinda bormoqda. Peshqadam - "Arsenal" (47 ochko).



