

Jurnalist Janluka Di Marcioning xabariga ko'ra, 21 yoshli serbiyalik futbolchi uchun "Tottenxem" da'vogarlik qilmoqda.
Klub Xarri Keynning ehtimoliy ketishi sabab forvard qidirmoqda. Dushanga shuningdek "Arsenal" ham da'vogarlik qilmoqda.
Vlaxovich 2020/21 yilgi mavsum "Fiorentina" tarkibida 40ta o'yinda maydonga tushib, 21ta gol va 2ta assist qayd etdi. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.



