"Tottenxem" Beylni olib qolishi mumkin

13 noya 2020, 21:15
"Tottenxem" rahbariyati "Real"dan ijaraga olingan Garet Beylni 2022 yil yoziga qadar saqlab qolmoqchi.

Klublar o'rtasidagi shartnomada uelslik futbolchining ijarasini yana bir mavsumga uzaytirish to'g'risidagi band mavjud. Shuningdek, "Tottenxem" Beylning to'liq transfer huquqini xarid qilishi mumkin. "Real Madrid" o'z futbolchisini atigi 15 mln evroga baholayapti, bu miqdor "shpor"lar uchun maqul bo'lishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: goal.com