"Torino" Belottiga 2025 yilga qadar shartnoma va 3,2 mln evrolik maosh taklif qildi

Alisher
5 avg 2021, 10:16
"Torino" forvardi Andrea Belotti klubda qolishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotiga ko'ra, Turin klubi rahbariyati 27 yoshli italiyalik futbolchiga 2025 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma va bonuslarga ega 3,2 million evrolik maosh taklif qildi. O'yinchining o'zi hali faoliyatini qayerda davom ettirishni o'ylamoqda.

Belottiga "Zenit" tomonidan jiddiy qiziqish bo'lgandi, ammo futbolchining o'zi Rossiyaga yo'l olishni xohlamadi.

Belotti o'tgan mavsum "Torino" tarkibida 36ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 7ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira