Tojikistonlik futbolchi Vahdat Hanonov o'z golidan so'ng nega yig'lab yubordi?

Administrator
29 yanv 2024, 09:11
Osiyo kubogi nimchorak final bosqichidan o'rin olgan Tojikiston va Birlashgan Arab Amirliklari o'rtasidagi dramatik o'yinda qo'shnilarimiz penaltilar seriyasida g'alaba qozonishdi.

Uchrashuvning 30-daqiqasida Tojikiston terma jamoasi futbolchisi Vahdat Hanonov hisobni ochdi. Futbolchi golni nishonlash paytida o'z emociyalarini boshqara olmadi va yig'lab yubordi. Yakunda uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Hanonov matbuot anjumanida vaziyatni izohladi. Vahdat bu golini yaqinda vafot etgan akasiga bag'ishlaganini ma'lum qildi va bu safar ham o'z emociyalarini jilovlay olmadi.

"Men bu goldan juda baxtliman. Ushbu golni yaqindagina vafot etgan akamga bag'ishladim. Hozir u oramizda yo'q", - dedi Vahdat Hanonov.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia