Tim Keyxill noyabrda terma jamoa bilan xayrlashadi

Xayrulla Xoliqov
5 sen 2018
Avstraliyalik futbolchi Tim Keyxill shu yil terma jamoadagi faoliyatini yakunlaydi.

Noyabr oyida Avstraliya Livanga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Bu o'yin terma jamoada 107ta uchrashuv o'tkazgan Keyxill uchun oxirgi bahs bo'lib qoladi. Sidneydagi "Olimpiya" stadionida bo'lib o'tadigan bahs 20 noyabrga mo'ljallangan.

Bu oddiy o'rtoqlik o'yini emas, balki Keyxillning terma jamoadagi xayrlashuv uchrashuvi ham bo'ladi. Ma'lumot uchun, Tim Keyxill shu paytgacha Avstraliya terma jamoasida 50ta gol urgan. Shuningdek, to'rtta jahon chempionatida ishtirok etgan.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia