Tibo Kurtua: "Terri baribir yuqori saviyadagi futbolchi"
Aziz Tukhtamuradov
27 avg 2015, 21:30
"Chelsi" darvozaboni Tibo Kurtuaning fikricha, "aristokratlar" sardori yuqori saviyadagi futbolchi hisoblanadi.
"Jon baribir bizning yetakchimiz, sardorimiz. U yuqori saviyada o'ynashda davom etmoqda. Men Jonni ligadagi eng yaxshi himoyachilardan biri deb hisoblayman va u bilan bir jamoada o'ynashimdan xursandman", - deydi Kurtua.