"The Independent" Ermatovni ozarbayjonlik deb atagani uchun uzr so'radi

Narzulla Saydullayev
18 iyun 2014, 13:16
"The Independent" internet nashri hamyurtimiz Ravshan Ermatovga ozarbayjonlik hakam deb tarif bergan edi.
Bu haqda xabar berilgandi. Saytimizning Ravshan ismli o'quvchilaridan biri mazkur xatolik yuzasidan "The Independent" tashkilotiga xat yozdi. Bugun shu masalada javob xati keldi.

"Xatolik uchun uzr so'raymiz. Siz aytgan ma'lumot to'g'irlandi. Umid qilamiz, mazkur anglashilmovchilikka qaramasdan, saytimizdan foydalanishda davom etasiz", deydi internet nashr o'zining javob xatida.

O'sha xabarning to'g'rilangan variantini ko'rish Manba

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia