Tezlikni oshirgan Per-Emerik Obameyang jazolandi

28 sen 2018, 08:55
“Arsenal” hujumchisi jazoga tortildi.

Londonda Obameyang o'z mashinasida tezlikni oshirganligi uchun javob beradigan bo'ldi. Futbolchiga mashinasini soatiga 160 km tezlikda haydagani uchun 1 250 funt miqdorida jarima belgilandi. Haydovchilik huquqidan esa mahrum qilinmaydigan bo'ldi.

Avvalroq, “Tottenxem” darvozaboni Ugo Loris mast holda mashina boshqargani uchun 20 oyga haydovchilik guvohnomasidan ayrilgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Calciomercato