

33 yoshli futbolchi Xitoyning Shanxay Shenxua klubi bilan shartnomani bekor qildi va yaqin orada Argentinaga qaytadi.
U 2019 yil dekabr oyiga qadar shartnoma tuzishi kutilmoqda. Dushanba kuni hujumchi Boka Xuniors safida shug'ullanishni boshlaydi.
Teves 2016 yil Boka safidan Xitoyga kelgandi. Shanxay Shenxuada u yiliga 38 million evro maosh olib kelayotgandi.




