Sushich: “Jekoning goli? Bu hakamlarning mundialdagi ilk xatosi emas”

Tolibjon Qosimov
22 iyun 2014, 12:06
Bosniya va Gertsegovina terma jamoasi bosh murabbiyi Safed Sushich jamoasining hisoblanmagan goli borasida fikr bildirib o'tdi.
Eslatib o'tamiz, 21 daqiqada Edin Jeko Nigeriya darvozasiga gol uradi, ammo hakamlar o'yindan tashqari holat deb baholashadi, aslida esa offsayd yo'q edi.

“Jeko gol urganda o'yindan tashqari holat yo'q edi deb aytishdi. Afsuski, bu mundialdagi hakamlarning birinchi yoki so'nggi xatosi emas. Lekin har qanday holatda ham biz yaxshi jamoaga mag'lub bo'ldik” – deydi Sushich.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com