"Surxon" O'zbekiston MTJning guruhdagi raqibi bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
16 yanv 2025, 14:01
Termizning "Surxon" klubi Turkiyada yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Klubning licenziyalash va xalqaro bo'lim mutaxassisi Elyor Uzakov muzokaralar davomida Turkiya yig'ini uchun bizga navbatdagi sparring-raqib bilan kelishuvga erishdi. 25 yanvar kuni, Antaliya shahrida KXDR terma jamoasi bilan nazorat uchrashuvi o'tkaziladi.

Bilasiz, KXDR milliy termasi O'zbekiston Milliy terma jamoa bilan birga bir guruhda Jahon Chempionatiga yo'llanma uchun harakat qilmoqda. Shundan kelib chiqadi, ham "Surxon" uchun, ham KXDR Milliy terma jamoa uchun ushbu bahs katta ahamiyatga ega.

Rejaga ko'ra, ushbu o'yin "Surxon"ning Youtube platformasida jonli efirga uzatiladi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Сурхон” матбуот хизмати