Sulsher: "Hamma ham transferlar uchun millionlar sarflay olmaydi"

Mirjalol Normatov
10 sen 2020, 22:15
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher jamoaga kelishi mumkin bo'lgan yangilar haqida gapirdi.

"Biz har kuni tarkibni kuchaytirish borasida ishlayapmiz, turli xil futbolchilarni ko'rib chiqyapmiz. Xar xil kriteriyalarni e'tiborga olyapmiz.

Biroq mavsum, yil, yoz g'alati o'tmoqda. Bu futbolga juda katta ta’sir o'tkazdi. Klublarning holati ham o'zgardi. Shu boisdan hamma ham hozirda millionlarni shunchaki sarflab yubora olmayapti", - dedi Sulsher.

Oldinroq "Yunayted" yozgi transferlar oynasi yopilgunga qadar yana 2-3 nafar futbolchi bilan shartnoma imzolashi mumkinligi aytilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal