Suares "Atletiko"ga o'tishi mumkin

Mirjalol Normatov
11 sen 2020
Urugvaylik futbolchi LaLigada qolishni istamoqda.

"Deportes Cuatro" xabariga ko'ra, "Barselona" forvardi Luis Suares "Atletiko"ga o'tishni istamoqda. "Matraschilar" 33 yoshli urugvaylikni yana 2 mavsum davomida top-darajada o'ynashiga ishonmoqda.

O'tgan mavsumda Alvaro Morata hamda Diego Kostaning o'yinidan qanoatlanmagan Diego Simeone esa ushbu transferga jiddiy qiziqish bildirgan. Oldinroq Suaresning "Yuventus"ga o'tishi mumkinligi aytilgandi.

O'tgan mavsumda Suares barcha turnirlarda 36 o'yinda qatnashdi va 21 gol hamda 12 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Deportes Cuatro