Srechko Katanets Iroqni tark etdi, bunga sabab uch oydan beri maosh olmayotgani

Xayrulla Xoliqov
20 noya 2019, 14:38
Kecha bo'lib o'tgan Iroq - Bahrayn o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng iroqliklar ustozi istefo berdi.

JCH saralash o'yinlarida Iroq juda yaxshi natijalarni qayd etyapti va 11 ochko bilan o'z guruhida 1-o'rinni egallab turibdi. Shunga qaramay, terma jamoa bosh murabbiyi Srechko Katanets ishdan bo'shashni lozim topdi, bunga sabab uch oydan beri maosh olmayotgani. 

Murabbiyning agenti Behruz Dezhbodning aytishicha, sloveniyalik murabbiy bilan shu yilning 23 avgust kuni yangi shartnoma imzolangan va yangi shartnomaga ko'ra, Katanets 400 ming dollar olishi kerak bo'lgan. Biroq oradan 3 oy o'tibdi hamki, Srechko Katanets hali maosh olgani yo'q. Shu bois yevropalik murabbiy guruhda birinchi o'rinda borayotgan jamoani tark etishga majbur bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia