"Sport TV" Yevropa chempionat o'yinlarini olib ko'rsatmaydimi?

17 avg 2013, 12:56
Xabaringiz bor bugun Yevropada katta futbol mavsumi start oladi. Millionlab muxlislar intiqib kutgan fursat yaqinlashgani sari ko'ngilni biroz xira qiladigan holat kelib chiqmoqda.

Gap shundaki, "Sport TV" hodimining championat.asia saytiga ma'lum qilishicha katta extimol bilan "APL" va "La Liga"dagi o'yinlarni to'g'ridan- to'g'ri olib berishi ijobiy hal etilmayapdi. Shunga qaramay so'nggi daqiqaga qadar muzokara olib boriladi.

Mualliflik huquqidan foydalangan soha vakillari endi har bir chempionat o'yinlarini katta summalar evaziga to'g'ridan-to'g'ri taqdim etishni tashkillashtiradi.
Garchi hali rasman ma'lum qilinmagan bo'lsa ham "Sport TV" "APL" dan markaziy o'yinlarni sotib olishni rejalashtirib turibdi.
"Bugun esa "Sport TV" orqali hech bir o'yin olib ko'rsatilishining imkoni bo'lmayapdi"-  deydi "Sport TV" hodimi.



Manba: www.championat.asia