"Spartak" Lala uchun kurashda yetakchilik qilyapti

12 avg 2020, 23:20
"Spartak" (Moskva) mutasaddilari Fransiyaning "Strasbur" klubi himoyachisi Kenni Lala borasida muzokarlarni boshlab yuborgan.

Le10sport.com xabarida aytilishicha, moskvaliklar 28 yoshli francuz uchun asosiy da'vogar bo'lib turibdi. Lalaning xizmatlariga "Marsel" va "Augsburg" klublari ham qiziqish bildirishgan. Uning "Strasbur" bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

Takidlanishicha, francuz klubi futbolchi uchun rasmiy taklif olgani yo'q, ammo hafta boshidan buyon "Spartak" bilan muzokaralar olib borilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: Le10sport.com