"Barselona"da yangi Messi paydo bo'lishi mumkin

Sherzod Nurmatov
17 mar 2026
Hozirda ijara asosida "Neom"da o'ynayotgan "Strasbur" vingeri Rayan Messi faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin.

Manbaga ko'ra, 18 yoshli Messiga "Barselona", "Bavariya" va PSJ qiziqish bildirmoqda. Biroq "Strasbur" bilan egasi bitta bo'lgan "Chelsi" uni jamoaga tezroq jalb qilishni rejalashtirishi mumkin. "Ko'klar" Messini kelajak loyihasining muhim qismi deb hisoblab, uni qo'yib yubormoqchi emas.

Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 22 o'yinda ishtirok etib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli pas uzatdi.

Uning "Strasbur" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/ChelsTransfer