So'nggi 15 yillikning eng kuchli triolari (reyting)

Aziz Tukhtamuradov
8 apr 2016
XXI asr boshidan hozirgacha o'z o'yinlari bilan muxlislarning hayratiga sabab bo'lgan triolar.

10. Xaynkes qo'l ostidagi Riberi - Robben - Manjukich uchligi 2013 yilda jamoaga juda muvaffaqiyatlar keltirgan


9. 2013-14 yilgi mavsumdagi "Liverpul"ning chempionlikka judayam yaqin kelgan tarkibida Sterling - Suares - Starrij kabi futbolchilar bo'lgandi...


8. 2010-11 yilgi mavsumda "Barselona" Vilya - Messi - Pedro uchligi bilan Gvardiola qo'l ostida ko'plab sovrinlarni yuta olgan


7. BBC - Beyl - Benzema - Ronaldu. Ushbu futbolchilar haliyam "Real"da birga to'p tepishadi. Lekin, 2013-14 yilgi mavsumda bu shovvozlarni to'xtatib qolish hozirgiga qaraganda ancha qiyin edi


6. Yurgen Klopp qo'l ostidagi Gyotce - Roys - Levandovski uchligi o'sha 2012-13 yilgi mavsumda ko'pgina jamoaga boshog'riq bo'lardi


5. Yulduzli "Milan"ning 2003-04 yilgi mavsumida Shevchenko - Kaka - Krespo kabi futbolchilar bo'lgandi. Trioga YCHL g'olibi bo'lish nasib qilmagan. Chunki "Milan" kelasi mavsumning finalida "Liverpul"ga to'qnash kelgandi...


4. "Manchester Yunayted"ning 2007-08 yilgi mavsumida Teves - Runi - Ronaldu uchligining o'yinlarini eslaysizmi? 


3. "Arsenal"ning mag'lubiyatsiz mavsumida aynan mana shu Anri - Pires - Bergkamp kabi futbolchilar bo'lgandi


2. JCH-2002 dagi uchta "RRR". Ronaldo - Rivaldo - Ronaldinyo. No komment!


1. Bugungi kundagi eng kuchli trio - Messi - Neymar - Suares desak hech kim qarshilik bildirmasa kerak-a?


Aziz To'xtamurodov


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia