"So'g'diyona" safida "Buxoro"ga qarshi o'yindan oldin yo'qotish bor

Narzulla Saydullayev
13 mar 2018, 17:48
Xabaringiz bor, Superliganing 2-turida “So'g'diyona” o'z maydonida “Neftchi” bilan durang o'ynadi.

"So'g'diyona" futbolchilari navbatdagi o'yinga tayyorgarlikni boshlab yubordi. Jamoaning barcha futbolchilari mashg'ulotlarda qatnashmoqda. “Neftchi”ga qarshi bahsda qizil kartochka olib maydondan chetlatilganligi bois Dilmurod Karimov “Buxoro”ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.

"Buxoro"ga qarshi bahs 16 mart kuni "Buxoro" sport majmuasi stadionida bo'lib o'tadi.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcsogdiana.uz