Skoulz: "Eski Maguayrni kutamiz"

Sherzod Nurmatov
28 okt 2022, 13:18
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Pol Skoulz Harri Maguayrning avvalgi darajasiga qaytishiga umid qilmoqda.

Yevropa Ligasi doirasidagi "Sherif"ga qarshi uchrashuvda (3:0) markaziy himoyachi tanaffusdan so'ng maydonga tushdi va jamoaga David de Xea darvozasi tomon zarba yo'llashga qo'ymadi.

"Maguayr og'ir damlarni boshdan kechirdi va umid qilamanki, muxlislar uni qo'llab-quvvatlashadi. Biz uning eski holatiga qaytishini xohlaymiz. Agar murabbiy uni keyingi haftada maydonga tushirsa, uni yanada katta sinov ["Real Sosedad"ga qarshi o'yin] kutmoqda – bu uning hozirgi tayyorgarligi uchun haqiqiy sinov", – dedi sobiq xavbek.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail