Shotlandiya klubi "Manchester Siti" o'yinchisi bilan shartnoma imzoladi

Alisher
10 avg 2019, 10:23
Brendon Barker faoliyatini Shotlandiyada davom ettiradi.

"Manchester Siti" sobiq xavbeki "Reynjers" bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Transfer tafsilotlari esa oshkor etilmayapti.

22 yoshli Barkerni "shaharliklar" turli yillarda "Roterxem", "Bredu", "Xibernian" va "Preston Nort End" klublariga ijaraga bergan.

Qanot yarim himoyachisi yangi klubining bu yozdagi sakkizinchi yangi o'yinchisiga aylandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/rangersfc