"Sho'rtan": "Bundyokor" yoshlari bilan bahs bo'lib o'tdi

Aslanov Jasurbek
20 yanv 2017, 10:28
Avval xabar berganmizdek, kecha "Sho'rtan" jamoamiz "Bunyodkor" klubi akademiyasining maydonida yosh qaldirg'ochlarga qarshi maydonda saf tortishdi.

Ushbu nazorat uchrashuvida "Oq bo'rilar" murabbiyi yig'inda ishtirok etayotgan  barcha futbolchilarni sinovdan o'tkazdi. Uchrashuvning ikki taymi davomida g'uzorliklar ikki tarkibi bilan maydonga chikishdi. Shiddatli kechgan bahsda tajriba bobida ustun bo'lgan jamoamiz raqiblari darvozasiga javobsiz uch to'p kiritishga muvaffaq bo'lishdi. Gollarga Otabek Narzullaev,Umar Eshmurodov, Marufxon Murodovlar mualliflik kilishdi. 

Birinchi bo'limda quyidagi tarkib harakat kildik:

1. E. Tojiboev, 15. O. Jo'raboev, 14. U. Eshmurodov, 8. Z. Pirimov, 20. S. Xamroev, 18. E. Boymatov, 27. O. Narzullaev, 9. I. Taran(s), 11. Z.Polvonov, 50. S. Sobirxo'jaev, 6. A. G'ulomxujaev.

Ikkinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar:

93.A. Turopov, 17. G. Raxmonov, 7.O.Karimov, 29.M. Sattorov, 30.A Baxromov, 4. J Otaqulov, 19.M. Murodov, 3. K. Nurmetov, 23. S. Akbarov.

Jamoamiz 23 yanvargacha qisqa tatilga chikishadi. Sinov yig'ini G'uzordagi karorgoximizda davom etadi. 5 fevral kuni esa "Oq bo'rilar" yana Toshkentda yig'iladi. Jamoadagi so'nggi yangiliklarni kuzatishda davom eting

Faxriddin CHORIEV



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia