Shomurodov birinchi bo'limda almashtirildi

Aslanov Jasurbek
4 fev 2026, 18:24
Turkiya Kubogining 3-bosqichi doirasidagi "Karagyumruk" hamda "Bashakshehir" jamoalari o'rtasidagi bahsning birinchi bo'limida o'zgarish ro'y berdi.

Bahsni asosiy tarkibda boshlagan va 23-daqiqada gol urishga muvaffaq bo'lgan Eldor Shomurodov 26-daqiqada almashtirildi. Bunga jarohat sabab bo'ldi. Bahsdagi birinchi golni O'zbekiston terma jamoasining boshqa bir yetakchisi Abbos Fayzullaev kiritgan edi.

Eldor Shomurodovga tezroq safga qaytishni tilab qolamiz.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia