Shevchenko Ukraina termasidan ketayotganini ma'lum qildi

Mirjalol Normatov
1 avg 2021
Andrey Shevchenko Ukraina termasi bosh murabbiyligidan ketayotganini e'lon qildi.

"Ukraina futbol assotsiatsiyasi bilan tuzilgan shartnomam bugun o'z yakuniga etdi. Termada besh yil o'tkazdim. Og'ir yillar bo'ldi. Bunda biz chiroyli o'yin namoyish qila olishimizni ko'rsata oldik.

UFA rahbariyatiga shunday imkoniyatni taqdim qilgani uchun minnatdorlik bildirmoqchiman. Ular orqali bizning futbol hali raqobatbardosh ekanligini barchaga namoyon qila oldik", - dedi Shevchenko.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal