Sherzod Karimov: "Traktorsozi"ga qarshi o'yinda ham muxlislarimizga xursandchilik ulashmoqchimiz"

Aziz Tukhtamuradov
11 mar 2016, 22:15
"Paxtakor" futbolchisi Sherzod Karimov "Qo'qon-1912"ga qarshi bo'lib o'tgan o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"O'yingacha "Qo'qon-1912" jamoasining o'yinlarini o'rganib chiqdik, kuchsiz tomonlarini topa oldik va raqib xatolaridan foydalana oldik.

Endi yaxshi kayfiyat bilan "Traktorsozi"ga qarshi o'yinga tayyorgarlikni boshlaymiz. Raqibni yaxshilab o'rganib chiqib, muxlislarimizga xursandchilik ulashamiz degan umiddaman.

Golimni o'yinga tashrif buyurgan kichkina jiyanim Shaxruzga bag'ishlayman", - deya o'z fikrlariga yakun yasadi Sherzod Karimov.

Eslatib o'tamiz, futbolchi o'yinda gol kiritish bilan birga jamoasining ikkinchi goliga uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo'ldi.


Aziz To'xtamurodov


O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia