"Shalke" Goreckaga rekord darajada maosh to'lamoqchi
Tolibjon Qosimov
28 noya 2017, 20:59
"Shalke" rahbariyati yarim himoyachi Leon Goreckaga yangi shartnoma taklif qilmoqchi.
Bu haqda "Bild" ma'lum qildi. "Shalke" 22 yoshli o'yinchiga klub uchun rekord bo'lgan yiliga 12 million evrolik maosh to'lashga tayyor. Goreckaning amaldagi shartnomasi 2018 yilning yozigacha mo'ljallangan.