Rasman: “Sevilya” Bununing transfer huquqini qo'lga kiritdi

Eldor Akmurzayev
5 sen 2020, 21:45
Marokash termasi kiperi Yassin Bunu “Sevilya” sharafini himoya etishda davom etadi.

“Jirona”ga tegishli bo'lgan darvozabon o'tgan mavsumni ijara asosida “qizil-oqlar” tarkibida o'tkazgandi. Endi esa sevilyaliklar rahbariyati 29 yoshli posbonning transfer huquqini qo'lga kiritdi va u bilan 4 yillik shartnoma imzoladi.

Bunu 2019/20 yilgi mavsum klub safida 18 o'yinda qatnashgan bo'lib, shulardan 10 ta bahs esa Yevropa Ligasiga to'g'ri keladi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sevillafc.es