Setendan so'ng Abidal ham lavozimidan ozod etildi

Eldor Akmurzayev
18 avg 2020, 19:30
Bu haqda "Barselona" rasmiy sayti xabar bermoqda.

Kataloniyaliklar sport direktori Erik Abidal bilan kelishuvni muddatidan oldin bekor qildi.

“Klub Erik Abidalga uning professionalligi, sadoqati, shuningdek, “ko'kanorranglilar” oilasiga bo'lgan iliq munosabatlari uchun minnatdorchilik bildiradi”, deyiladi klub bayonotida.

Fransiyalik sobiq futbolchi 2018 yildan buyon “Barsa” rahbariyatida ishlayotgandi. Avvalroq, jamoani bosh murabbiy Kike Seten tark etgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: fcbarcelona.com