Abidal: "Barselona"da og'ir ikki yilni o'tkazdim"

Mirjalol Normatov
20 avg 2020, 23:10
"Barselona"ning sobiq sport direktori Erik Abidal muxlislarga murojaat yo'lladi.

"Muxlislar bilan hayrlashmoqchiman. "Barselona"dan minnatdorman. Klub menga hayotimning ikki bosqichida muhim omil bo'ldi - bu yerda avvaliga futbolchi bo'ldim, keyinchalik rahbar.

Ikkinchi bosqich 2 yilga cho'zildi holos. O'tayotgan har bir kunimda "Barselona"ni kuchaytirish haqida o'yladim. Og'ir ikki yil o'tdi. Keyinchalik o'z qarorim bilan ketdim. Direktorlar kengashi meni boshqa lavozimga o'tkazmoqchi edi. Arizamni o'zim yozdim.

Jamoaning kelajagini o'ylab, bir necha o'zgarishlar qilishga intildim. Biroq rejalarni amalga oshirish nasib qilmadi. Klubda holat og'ir. Biroq "Barselona" bundan chiqib keta oladi", - dedi Abidal. 

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal