Abidal: "Yozda "Barselona"ga yangi "to'qqizinchi raqam" kelishi mumkin"

Tolibjon Qosimov
6 fev 2020, 15:39
"Barselona" sport direktori Erik Abidal klub yozgi transfer oynasida hujumchi sotib olmoqchi ekanligini xabar qildi.

Klubning asosiy maqsadlaridan biri "Arsenal"ning gabonlik forvardi Per-Emerik Obameyang hisoblanadi.

"Men Obameyangni bilaman. U "Arsenal" uchun muhim o'yinchi. Biz yozda yangi "to'qqizinchi raqam" sotib olishimiz mumkin va bu mantiqan to'g'ri. Luis Suares jarohatdan keyin kuchli bo'lib qaytishini bilamiz, lekin yozda top-o'yinchi sotib olishimiz kerak.

Bizda bir nechta variantlar yozilgan ro'yxat bor. Bu ro'yxatga Olive Jiru, Fernando Lorente va Obameyang kiradi. Yanvarda esa hech kim bilan shartnoma imzolamaslikka qaror qildik", - dedi Abidal.


Eslatib o'tamiz, "Barselona" jarohat sabab Suaresni 3-4 oyga yo'qotdi. Bundan tashqari, Usmon Dembele ham safdan chiqqan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: dailymail.co.uk