Serxio Ramos jarohat tufayli mavsum oxirigacha safdan chiqdi
Aslanov Jasurbek
15 may 2015, 18:29
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti mavsum oxirigacha himoyachi Serxio Ramosni maydonga tushira olmaydi.
Ispaniya terma jamoasi futbolchisining mushaklari jarohatlangan. Bu shikastlanish "Yuventus"ga qarshi javob uchrashuvining birinchi bo'limida sodir bo'lgan edi. Ammo Ramos o'yinni oxirigacha maydonni tark etgani yo'q.