Sergey Lushan: “Mo'jiza ro'y berishi mumkin edi”

Narzulla Saydullayev
12 may 2018, 22:23
Superliga 11-turida “So'g'diyona” o'z maydonida “Bunyodkor” klubini qabul qildi va 1:2 hisobida mag'lubiyatga uchradi.

O'yindan so'ng “So'g'diyona” jamoasi bosh murabbiyi Sergey Lushchan va o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Toxir Shamsitdinovlar matbuot anjumanida  ishtirok etdi.

- Raqiblar bugun haqli g'alaba qozondi bu bilan ularni tabriklayman. Durang o'ynashimiz ham mumkin edi ammo hozircha bundan ortig'iga biroz kuchimiz yetmaydi. Biz o'zimizning darajamizdagi jamoalardan ochko olishga qodirmiz. Mo'jiza ro'y berishi mumkin edi. Yaqinda transfer oynasi ochiladi. Imkon qadar kuchli futbolchilarni jamoaga jalb qilishga harakat qilamiz. Faqat bu futbolchining saviyasiga bog'liq. Keladigan  futbolchi ham shu saviyada bo'lsa, uni jamoaga taklif qilishdan foyda yo'q. Bizga sifat kerak. Hozir mavsum o'rtasi va ko'p futbolchilar jamoalari bilan amaldagi shartnomalari mavjud.  Biz izlanayapmiz. Muzokoralar olib borayapmiz. Saviyasiga qarab jamoada legionerlar ham bo'lishi mumkinligini inkor etmayman - deydi jamoa bosh murabbiyi.

- Bugungi mag'lubiyatdan xulosa chiqargan holda “Paxtakor”ga qarshi tayyorgarlik ko'ramiz. Og'ir o'yin bo'ldi. Superligada hozir oson o'yinning o'zi yo'q. Mag'lubiyatning alamli bo'lgani sababi biz o'zimiz qilgan  xatolarimiz evaziga gol o'tkazib yubordik. Ikki xatomizdan ham raqiblar foydalanib qoldi. Xatolarmiz ustida ishlaymiz va “Paxtakor” ga qarshi bahsda faqat g'alaba uchun maydonga chiqamiz - deydi Toxir Shamsitdinov.

 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Сўғдиёна” матбуот хизмати