Sarri Iguainning o'yini haqida: "Suares "Liverpul"dagi birinchi mavsumida uchta gol urgan, ikkinchisida 16, keyingisida 24ta"

Tolibjon Qosimov
29 apr 2019, 17:36
"Chelsi" bosh murabbiyi Mauricio Sarri "Manchester Yunayted" bilan durang (1:1)dan keyin forvard Gonsalo Iguainning o'yini haqida gapirdi.

- Hujumchining APLga o'rganishi qiyin bo'lmoqda. Har bir hujumchida shunday. Eslayman, Suares "Liverpul"dagi birinchi mavsumida uchta gol urgan. Ikkinchisida 16, keyingisida esa - 24ta. APLda ko'nikish qiyin. O'ylashimcha, u keyingi mavsumda ko'proq gol ura oladi.

- U "Chelsi"da qoladimi?

- Bilmadim. Men transferlar bilan shug'ullanmayman, shu sabab bunday savollarga javob bera olmayman. Mantiqan esa u qoladi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: bbc.com