Sardor Soibov "Andijon"da o'ynamoqchi

Narzulla Saydullayev
23 dek 2013, 08:22
Joriy mavsumning ikkinchi yarmini "Andijon"da ijara asosida o'tkazgan Sardor Soibov xuquqiy jihatdan "Neftchi"ga tegishli o'yinchidir.
Ammo olingan ma'lumotlarga ko'ra Soibovning farg'onaliklar bilan tuzgan shartnomasi shu yilning so'nggida o'z kuchini yo'qotadi.

Aytish kerakki, 22 yoshli futbolchi kelasi yil "Andijon"da o'ynamoqchi. Chunki Sardor allaqachon "burgutlar"ning yig'iniga kelib qo'shilgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia