Santush Portugaliya - Ispaniya o'yinidagi durangdan keyin fikrlarini bildirdi

Aziz Tukhtamuradov
3 iyun 2022, 09:23
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush Ispaniyaga qarshi o'yindan so'ng (1:1) o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Birinchi taym teng kurashlar ostida kechdi. Bizda golli vaziyatlar bo'ldi, ammo raqib to'p bilan ko'proq muomala qildi. Hujum zonasida sabr bilan harakat qilib, qanotlardagi ustunlikdan foydalanish lozim edi. Ikkinchi bo'limda yaxshiroq harakat qila boshladik. To'pni ko'proq nazorat qildik va ispanlarni ko'proq yugurishga majburlay oldik. 

Shundan so'ng Orta va Gedesh kabi markazdagi futbolchilarni tushirdik. Aynan Orta gol urdi -Kanseluning jarimadan oshirgan zarbasidan so'ng", - dedi Santush. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: UEFA