Sancho bugun MYU uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi

Alisher
13 iyul 2021, 13:15
Yarim himoyachi Jeydon Sancho Dortmundning "Borussiya" klubidan "Manchester Yunayted"ga o'tishga yaqin.

21 yoshli futbolchi bugun Angliya klubi uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Evro-2020 payti klublar angliyalik futbolchining transferi bo'yicha kelishuvga erishilganligini xabar qilishgan edi. Bitim narxi - 85 mln evro.

Sancho o'tgan mavsum Bundesliga doirasidagi 26ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 11ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail