Samatov va Agaliev Andijon safiga qo'shildi

Narzulla Saydullayev
10 fev 2018, 13:10
Yangi mavsumga astoydil tayyorgarlik ko'rayotgan Andijon poytaxtdagi yig'in chog'ida o'z tarkibini kuchaytirib bormoqda.

Xususan, kuni-kecha tarkibga Mashaldan Avaz Agaliev va Buxorodan Alisher Samatov kelib qo'shildi. Agaliev chap qanot himoyachisi bo'lsa, Samatov himoya chizig'ining markazi va o'ng qanotida birdek o'ynay oladi. Aytish mumkinki, ushbu futbolchilar shubhasiz Andijonning o'yinini kuchaytiradi.

Burgutlar ertaga Toshkentdagi yig'ini chog'ida navbatdagi nazorat uchrashuvini o'tkazadi. Sparring-raqib super liga vakili Buxoro jamoasidir. O'yin Bunyodkor mashg'ulot maydonida soat 15:00da boshlanishi rejalashtirilgan.

Avaz Agaliev

Alisher Samatov

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Андижон” матбуот хизмати