Saloh: "Rekordlar yaxshi, biroq muhimi - APL"

Mirjalol Normatov
27 fev 2019, 22:14
"Liverpul" futbolchisi Muhammad Saloh APL chempionligi uchun kurash haqida gapirdi.

"50, 51, 52ta gol ursam, albatta zo'r bo'lardi! Har doim gollar urishga va yanada yaxshiroq o'ynashga harakat qilaman.

Rekordlar - juda yaxshi, ammo men uchun APL - eng muhimi. Oldimizda juda qiyin hafta: 8 kunda 3 o'yin. Agarda biz bundan muvaffaqiyatli o'tib olsak, turnir jadvalida yetakchi bo'lib olamiz.

Shundan keyin oldimizda 9 o'yin qoladi. Hali bizda dam olish va kayfiyatni ko'tarish uchun etarlicha vaqt bor", - dedi Saloh.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal