

"Yutqazish har doim alamli. Muxlislarimizdan uzr so'rayman. Bugun yaxshi o'yin ko'rsata olmadik. Bizda gol urish uchun imkoniyatlar bo'lgandi. Biroq gol ura olmadik. Agarda o'sha vaziyatdan unumli foydalanganimizda o'yin boshqacha kechishi mumkin edi. "Paxtakor" mahorat bobida ancha tajribali va bizdan kuchli. Har holda "Paxtakor" bekorga peshqadam jamoa sanalmaydi. Avvalgi o'yinlarda Nosir Otaqo'ziev gollar urib kelayotgandi. Bugun esa uning omadi kelmadi. Jamoamiz birinchi yil yig'ilgan. Jamoaviy o'yinni o'yindan-o'yinga shakllantirib bormoqdamiz. Futbolchilarda psixologik jihatdan g'oliblik ruhi yetishmadi. Bu narsa asta-sekin shakllanib boradi", - deya o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi Rustam Abdullaev.



