

25 yanvar kuni APLning 23-turida MYU "Arsenal"ni 3:2 hisobida mag'lub etdi. Bu Kerrik qo'l ostidagi ikkinchi g'alaba bo'ldi. 17 yanvar kuni "qizil iblislar" APL doirasida "Manchester Siti"ni 2:0 hisobida dog'da qoldirgandi.
"Kerrik hamon bu ishga mos emas. Bu kulgili. Ikkita ajoyib o'yin… Ikki o'yinda har kim g'alaba qozonishi mumkin. Hatto agar MYU mavsumni to'rtinchi o'rinda yakunlasa ham, men uni bu lavozimga munosib deb hisoblamayman. Mutlaqo yo'q", – dedi Kin.

Manchesterliklar sobiq sardorining fikricha, jamoaga nomdor va obro'li murabbiy kerak.
"Ularga kuchli va obro'li murabbiy zarur. Biroq unda imkoniyat bor! Va bilasizmi nima? U bu imkoniyatdan foydalanyapti", – deya qo'shimcha qildi Kin.



