Ronaldu tez yugurish uchun yangi usulni sinab ko'rmoqda

Eldor Akmurzayev
4 iyun 2020, 21:25
“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu butsalari uchun yangi tishlarni ishlatishni boshladi.

Tuttosport va Sport Mediaset'ning manbasiga ko'ra, portugaliyalik odatiy tishlarni regbi butsalarinikiga almashtirdi, boisi, bu maydon chimiga yaxshi moslashish, tezroq yugurishga imkon beradi.

Avvalroq, “Monpele” hujumchisi Andi Delor shu kabi qarorga kelgandi, u joriy yilning fevralidan boshlab regbi tishlari qo'yilgan butsalardan foydalanmoqda. Shu tufayli, 28 yoshli futbolchi soatiga 36,8 km tezlikka erishib, Liga 1'da mavsum rekordini o'rnatdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Tuttosport ва Sport Mediaset