Ronaldinyo: "Men o'ynagan paytlarda "Barselona"ning Yevropadagi eng qiyin raqibi "Chelsi" bo'lgan"

Aslanov Jasurbek
31 yanv 2017, 10:45
"Barselona" sobiq yarim himoyachisi Ronaldinyo APLga bo'lgan munosabati haqida so'zlab berdi.

"Angliyada o'ynamaganimdan afsusda emasman, ammo to'p tepganimda yaxshi bo'lardi, chunki APL - hayratlanarli chempionat. Bir paytlar "Chelsi" meni o'z safida ko'rishni istagan.

Premer-liga o'yinlari yuqori tezliklarda o'tadi, ularni kuzatish zerikarli emas. APL o'yinlarini 90 daqiqa tomosha qilmayman, ammo boshqa chempionatlardan ko'ra Premer-liga uchrashuvlari videosharhlarini ko'proq tomosha qilaman.

Men o'ynagan paytlarda "Barselona"ning Yevropadagi eng qiyin raqibi "Chelsi" bo'lgan. Har bir bahs kurashlarga boy o'tardi" - deydi braziliyalik.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: FourFourTwo