"Roma" Spalletti ketgani haqida e'lon qildi

Aslanov Jasurbek
30 may 2017, 12:25
"Roma" bosh murabbiysiz qoldi.

"Biz Luchano Spallettiga bajargan ulgan mehnati va natijalari uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Jamoa uning qo'l ostida boshqa murabbiylarga nisbatdan ko'proq gol urib, ko'p ochko to'pladi. Luchanoga omad tilaymiz" - deydi "Roma" prezidenti Jeyms Pallotta.

Luchano Spalletti 2016 yilning yanvaridan "Roma"da ishlay boshlagan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com