Rodrigo Mbappening PSJda qolish qarori haqida gapirdi

Alisher
25 may 2022, 11:01
"Real" hujumchisi Rodrigo PSJ forvardi Kilian Mbappening Parij klubida qolish qarori haqida gapirdi.

Francuz uzoq vaqt davomida ehtimoliy o'tish borasida madridliklar bilan muzokaralar olib borgan edi.

"Real"da barcha ushbu transferning amalga oshishini xohlagan edi. Ammo, hozirda Chempionlar Ligasi finali muhimroq", - deydi Rodrigo.

Fransiyalik hujumchi "Real"ga o'tishi mumkin edi, ammo yakunda parijliklar bilan 2025 yilga qadar shartnomani uzaytirdi.

"Real" 28 mayda "Liverpul"ga qarshi Chempionlar Ligasi finalini o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca