Robin van Persi: "Runi? Yaxshi o'yinchilar doim birga o'ynay olishadi"

Tolibjon Qosimov
29 okt 2013, 13:00
"Manchester Yunayted" hujumchisi Robin van Persi klubdoshlari Ueyn Runi va Xaver Ernandes haqidy o'z fikrlarini bildirdi.
"Ueyn - qoyilmaqom o'yinchi. O'ylashimcha, yaxshi o'yinchilar doim birga o'ynay olishadi, buni "Stok Siti"ga qarshi o'yinda namoyish etdik.

Tarkibimizda yana Chicharito borligini ham unutmanglar, u ham ajoyib hujumchi. Mashg'ulotlarda juda ko'p ishlamoqda, men uni harakatlaridan qoyil qolaman.

Shu sababli barcha hujumchilar bizga kerak", - deydi van Persi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru