Riberi Fransiya terma jamoasining asosiy tarkibi bilan mashg'ulotlarni olib boryapti

Narzulla Saydullayev
6 iyun 2014, 16:47
Fransiya terma jamoasining yetakchilaridan biri Frank Riberi 6 iyun kuni jamoaga qo'shilgan holda mashg'ulotlarni olib bordi.
Bunga qadar u belidagi muammolar tufayli yakka tartibda mashg'ulot olib borayotgandi. "Bavariya" futbolchisi Braziliya bilan o'yinda maydonga tushishi mumkin.

Riberida rivojlanish juda yaxshi, u hamma mashqlarni yaxshi bajarmoqda, lekin umumiy mashg'ulotlarda qatnashayotgani yo'q. Barcha tibbiy muolajalar yaxshi o'tkazilgan va o'tkazilinib kelmoqda. Frank jamoa bilan juma kuni mashg'ulot o'tkazgani yo'q. Tez orada tibbiy xuloas chiqadi, shundan keyingina, shanba kungi mashg'ulotlarda qatnasha olishi va to'p bilan ishlay olishini ayta olamiz, - deydi bosh murabbiy yordamchisi Gi Stefan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com