Remzi "Nicca" bilan shartnoma tuzdi

Sherzod Nurmatov
2 avg 2022, 20:10
"Yuventus" sobiq futbolchisi Aaron Remzi "Nicca" bilan kelishuv tuzdi.

Fransiya klubining 31 yoshli uelslik bilan kelishuv shartlari oshkor qilinmagan.

Xabaringiz bor, yozda futbolchi tomonlar kelishuviga ko'ra o'z klubi bilan shartnomani bekor qilgandi.

Remzi o'tgan mavsumning ikkinchi qismini ijara asosida Shotlandiyaning "Reynjers" klubi safida o'tkazdi. Milliy chempionatda u 7 ta uchrashuvda qatnashib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ogcnice.com