Rednapp: "Beyl dunyoning eng kuchli 5 futbolchisidan biri"

Aziz Tukhtamuradov
15 may 2015, 22:46
Angliyalik murabbiy Xarri Rednapp "Real" futbolchisi Garet Beylning o'yinlari haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
So'nggi vaqtlarda futbolchi tanqidlar ostida qolib ketgan.

"O'tgan yili u "Real"da fantastik mavsumni o'tkazgandi va u yerda g'ayrioddiy gollar kiritgandi. Garet - fantastik futbolchi. U men uchun dunyoning 5 nafar eng kuchli futbolchilaridan biri.

O'ylaymanki, Angliyada uni istalgan klub o'z tarkibida ko'rishni xohlagan bo'lardi", - deydi murabbiy.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: soccer.ru