"Real" va "Atletiko" o'rtasidagi ochkolar farqi qisqardi

Mirjalol Normatov
14 mar 2021, 12:51
"Atletiko" Ispaniya chempionatining 27-turida "Xetafe"ni mag'lub eta olmadi, 0:0.

Shu orqali Diego Simeone shogirdlari so'nggi 6 o'yinning 3tasida durang qayd etdi. Ammo jamoa hali hamon LaLiga turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda. Biroq kecha irodali g'alabaga erishgan "Real" bilan oradagi farq 6 ochkogacha qisqardi.

Hisobida bir o'yini bor "Barselona" esa "Atletiko"dan 7 ochko ortda qolmoqda. Kataloniyaliklar 27-turni 15 mart kuni "Ueska"ga qarshi o'tkazadi.

LALIGA TURNIR JADVALI

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia